Green Campus Initiative
Yangiliklarga qaytish
27-mart, 2026
Loyiha

Alfraganus universiteti GreenCamUz loyihasida ishtirok etmoqda

Alfraganus universiteti GreenCamUz loyihasida ishtirok etmoqda — 1

Alfraganus universiteti Erasmus+ dasturining ERASMUS-EDU-2025-CBHE-STRAND-1 yo'nalishi doirasida amalga oshirilayotgan GreenCamUz — "Yashil kampus tashabbusi: O'zbekiston oliy ta'limiga barqarorlik tamoyillarini integratsiyalash" xalqaro loyihasida ishtirok etmoqda.

Loyihaning asosiy maqsadi — barqarorlik tamoyillarini O'zbekiston oliy ta'lim tizimiga integratsiyalashdan iborat. Loyiha doirasida O'zbekiston, Polsha, Litva va Turkiya universitetlari hamda tegishli tashkilotlar hamkorlik qilmoqda.

Loyiha quyidagi yo'nalishlar bo'yicha amalga oshiriladi:

  • oliy ta'lim muassasalarida ekologik yo'nalishdagi yangi o'quv kurslarini ishlab chiqish;
  • universitetlarda "Yashil kampus" tamoyillarini joriy etish;
  • talabalarni "Yashil kampus elchilari" (Green Ambassadors) sifatida tayyorlash;
  • professor-o'qituvchilar va boshqaruv kadrlari salohiyatini oshirish.

Alfraganus universitetida loyiha doirasida "Yashil laboratoriya" tashkil etish rejalashtirilgan. Shuningdek, universitet, jamiyat va ishlab chiqarish o'rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish ham loyihaning muhim yo'nalishlaridan biri sanaladi.

Loyiha BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (SDGs) hamda Yevropa Ittifoqining ekologik barqarorlikka oid ta'lim siyosati bilan uyg'un holda amalga oshirilmoqda.

Alfraganus universiteti GreenCamUz loyihasida ishtirok etmoqda — 1Alfraganus universiteti GreenCamUz loyihasida ishtirok etmoqda — 2

Manba: greencam.uz — GreenCamUz loyihasining rasmiy saytigreencam.uz da ko'rish