GreenCamUz: Erasmus+ Funded Green Campus Initiative Launched in Uzbekistan
GreenCamUz — €359 000 miqdoridagi Erasmus+ CBHE 1-strand loyihasi bo'lib, u o'quv dasturlarini yangilash va yashil kampus tashabbuslari orqali O'zbekistonning oliy ta'lim muassasalariga barqarorlikni integratsiyalashga qaratilgan.
Green Campus Initiative: Integrating Sustainability into Higher Education in Uzbekistan (GreenCamUz) - O'zbekiston, Yevropa va Turkiyadagi hamkor oliy ta'lim muassasalari tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro loyiha bo'lib, u Erasmus+ Capacity Building in Higher Education (CBHE) 1-strand doirasida €359 000 miqdoridagi Yevropa Ittifoqi granti bilan moliyalashtiriladi.
GreenCamUz O'zbekistonda CBHE 1-strand yo'nalishi bo'yicha moliyalashtirilgan yagona loyiha hisoblanadi. Loyiha BMT Barqaror Rivojlanish Maqsadlari (SDGs) va Yevropa Ittifoqining Yashil Kelishuvi ustuvor yo'nalishlariga mos ravishda amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida oliy ta'lim muassasalarida barqaror rivojlanish yondashuvlarini ta'lim jarayoniga joriy etish rejalashtirilgan. Xususan, o'quv kurslarini yangilash, professor-o'qituvchilar va xodimlar uchun treninglar tashkil etish hamda kampuslarda yashil pilot tashabbuslarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Loyiha quyidagi yo'nalishlarni qamrab oladi:
– 12 ta fan bo'yicha barqaror rivojlanish asosida yangilangan o'quv kurslari
– 48 nafar professor-o'qituvchi va 24 nafar xodim uchun yashil texnologiyalar bo'yicha treninglar
– 120 nafar ishtirokchini qamrab olgan "Yashil Kampus Elchilari" tarmog'i
– Har bir hamkor oliy ta'lim muassasasida bittadan - jami 6 ta pilot loyiha
– 200 nafardan ortiq ishtirokchi bilan Yillik Yashil Kampus konferensiyasi
– 1 000 nafardan ortiq foydalanuvchi uchun virtual bilim platformasi
– 12 dan ortiq mahalliy biznes va nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlik
Hamkor oliy ta'lim muassasalari:
🇺🇿 O'zbekistonda - Toshkent Xalqaro Universiteti, Respublika Biznes va Tadbirkorlik Oliy Maktabi, Markaziy Osiyo Yashil Universiteti, Andijon Davlat Texnika Instituti, Qo'qon universiteti, Qo'qon universiteti Andijon filiali.
🇪🇺 Yevropada - Opole universiteti (Polsha), Vilnius Tech universiteti (Litva).
🇹🇷Turkiyada - Karabuk universiteti.
Loyiha 2026–2028-yillar davomida amalga oshiriladi va uning natijalari hamkor oliy ta'lim muassasalarida barqaror rivojlanish yondashuvlarini amaliyotga joriy etishga xizmat qiladi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan. Bildirilgan fikr va mulohazalar faqat muallif(lar)ning shaxsiy pozitsiyasini aks ettiradi va Yevropa Ittifoqi yoki Yevropa Ta'lim va Madaniyat Ijro Agentligi (EACEA) ning rasmiy nuqtai nazarini bildirmaydi.
Manba: greencam.uz — GreenCamUz loyihasining rasmiy saytigreencam.uz da ko'rish

