GreenCamUz "Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari" jurnalining 18-sonida yoritildi
Oliy ta'lim islohotlari bo'yicha ekspertlar (HEREs) tomonidan tayyorlangan "Oliy ta'limni rivojlantirish istiqbollari" ilmiy-uslubiy jurnalining 18-soni rasman chop etildi.
Ushbu sonda GreenCamUz loyihasiga bag'ishlangan "Yashil kampus tashabbusi: O'zbekiston oliy ta'limiga barqarorlikni integratsiyalash" nomli maxsus ilmiy maqola o'rin olgan.
Maqolada oliy ta'limga barqarorlikni integratsiyalash masalasi chuqur tahlil qilingan, yashil kampus konsepsiyasi tanishtirilgan hamda GreenCamUz loyihasining maqsadlari va kutilayotgan natijalari bayon etilgan.
Maqolaning to'liq matni quyidagi havola orqali mavjud: https://www.researchgate.net/publication/399174561_Green_Campus_Initiative_Integrating_sustainability_into_higher_education_in_Uzbekistan
Manba: greencam.uz — GreenCamUz loyihasining rasmiy saytigreencam.uz da ko'rish

